Rasman: "Buxoro" va "Olimpik" sobiq futbolchisi "Aral"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
"Aral" tarkibi markaziy himoyachi Javohir O'tamurodov bilan to'ldirildi.

Qoraqalpog'istonlik 21 yoshli futbolchi yangi mavsumda "Aral" sharafini himoya qiladi. U jamoa bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. 

O'tamurodov faoliyati mobaynida "Olimpik", "Nasaf", "Aral", "Vitebsk" (Belarus) va "Buxoro" jamoalarida o'ynagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Арал" матбуот хизмати