Rasman: Ben Arfa La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
28 yanv 2020, 15:12
Xatem Ben Arfa "Valyadolid" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi La Liga autsayderi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi mavsumning birinchi qismini jarohati tufayli o'tkazib yubordi.

Ben Arfa jami faoliyati davomida 384ta o'yinda maydonga tushib, 71ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Valyadolid" hozirda La Ligada 21 turdan so'ng 22 ochko to'plagan holda, jadvalning 16-o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/realvalladolid