

"Buxoro" klubi Azizbek Amonovni o'z tarkibiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi. 27 yoshli markaziy hujumchi mavsumning ikkinchi yarmini "Buxoro" safida o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, Amonov birinchi davrani "Bunyodkor" safida boshlagandi. O'tgan mavsum esa futbolchi "Neftchi" klubida to'p tepgan.



