

Avstraliya terma jamoasidagi faoliyati bilan bizga yaxshi tanish bo'lgan Metyu Rayan "Roma" a'zosiga aylandi. Rim klubi darvozabon transferini rasman e'lon qildi.
32 yoshli darvozabon Niderlandiyaning AZ klubidan "Roma"ga o'tdi.
Ma'lumot uchun, Metyu Rayan o'tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol o'tkazib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Metyu Rayan Avstraliya termasi bilan uchta Jahon chempionatida qatnashgan (2014, 2018, 2022).




