Rasman: "Atalanta" Aleksey Miranchukni tanishtirdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2020
Yarim himoyachi Aleksey Miranchuk "Atalanta" futbolchisiga aylandi.

Italiya klubi futbolchini "Xush kelibsan, Aleksey" deya rus tilida kutib oldi.

Oldinroq, Italiya klubi ushbu transfer uchun 14,5 million evro to'lashi va 24 yoshli futbolchining o'zi "Atalanta" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'lgandi. U yiliga ikki million evroga yaqin pul olishi haqida ma'lumotlar chiqqan edi.

Miranchuk – "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi. U klubdagi debyutini 2013 yil 20 aprelda "Kuban"ga qarshi o'yinda o'tkazgan. O'yinchi "Lokomotiv" tarkibidagi to'qqiz mavsumda 228 uchrashuv o'tkazib, 43 ta gol urgan va 45 ta golga assistentlik qilgan.

Miranchuk "Lokomotiv" bilan birgalikda Rossiya chempioni bo'ldi, uch marta Kubokni va bir marta mamlakat Superkubogini yutdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atalanta.it

O'xshash yangiliklar