

"Sanderlend" o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Granit Jaka transferini e'lon qildi. Shveytsariyalik yarim himoyachi "qora mushuklar" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bayer" o'z futbolchisi uchun "Sanderlend"dan 20 million evro oladi. Jaka 2023 yildan Leverkuzenda o'ynadi va Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi. U jami 99 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Aytish joizki, shveytsariyalik Angliya chempionatini juda yaxshi biladi. Avvalroq u "Arsenal"da o'ynab, ikki marta Angliya Kubogini yutgan va Superkubok egasiga aylangan.



