

Angliyaning "Arsenal" jamoasi Niderlandiyaning "Ayaks" klubi darvozaboni Tommi Setford bilan shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda "kanonirlar" matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 18 yoshli Setford "kanonirlar" bilan uzoq muddatli bitim imzolagan. "Arsenal"da u U-21 jamoasida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Ispaniyaning "Real" klubi darvozaboni Andrey Luninga ham qiziqish bildirayotgan edi.



