Rasman: Alessandro Florenci PSJda!

Sherzod Nurmatov
11 sen 2020
Bu haqda Parij klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Italiyalik o'ng qanot himoyachi 2021 yilning iyuniga qadar "Roma"dan ijaraga olindi. PSJda futbolchini sotib olish huquqi ham mavjud. 

Florenci shu paytgacha "bo'rilar" uchun 280 uchrashuv o'tkazib, 38 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt  internet-portali 29 yoshli o'yinchining transfer narxini 10 millon evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr