Rangnik: "O'yinning ahamiyatini tarkibdan ham tushunib olsangiz bo'ladi"

Mirjalol Normatov
9 dek 2021, 13:50
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik YCHL doirasida "Yang Boyz"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"O'yin oldidan bunday tarkib bilan jamoa o'ynamaganini his qildim. Dastlabki yarim soatlikda yomon o'ynamadik. Keyinchalik bir necha marta keraksiz xatolarga yo'l qo'ydik. Hisobni 2:0 yoki 3:0 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi.

O'tkazib yuborilgan goldan keyin faol himoyalana olmadik. Agarda hisob 4:4 bo'lganida ham biror inson bundan arz qilmasdi, deb o'ylayman. Bugun kimdir debyut qilgan bo'lsa, ular mendan minnatdor. O'yindan mamnunman deya olmayman, biroq uchrashuvning ahamiyatini tarkibdan ham bilib olsa bo'ladi.

To'pni yo'qotib qo'yganimiz menga yoqmadi. Birinchi chiziqda raqiblarga ko'p marta to'pni berib qo'ydik. Ammo hujumlarimiz xavfli chiqdi", - dedi Rangnik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal