Ramosning 2 penaltisini qaytargan kiper: “Bunga oldindan tayyorlangandim”

Eldor Akmurzayev
15 noya 2020
Millatlar Ligasi 5-turi doirasida o'tgan Shveytsariya – Ispaniya (1:1) bahsini qahramonlaridan biri mezbonlar darvazoboni Yan Zommer bo'ldi.

U 2 bor Serxio Ramos tepgan penaltilarni qaytardi.

“Yaqinda Chempionlar Ligasida Ramosga qarshi o'ynagandim, shu tufayli uning penaltisiga oldindan tayyorlangandim. O'ylashimcha, ikkinchi holatda u havolatib tepmoqchi bo'lgandi, ammo yakunda barchasi men uchun ijobiy bo'ldi. Xatolar tufayli yuzaga kelgan ikki 11 metrlikdan jabrlanmaganimizdan xursandmiz”, deydi Zommer.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA