Rahimov "Navbahor"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
"Bunyodkor" bilan xayrlashgan darvozabon Valijon Rahimov faoliyatini Namanganda davom ettirish ehtimoli bor.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi. 

"Bunyodkor"ni tark etgan darvozabon Valijon Rahimov "Navbahor"ga o'tishi mumkin. 30 yoshli posbon bugun "Navbahor"ning Turkiyadagi yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda", – deyiladi xabarda.

30 yoshli posbon "qaldirg'ochlar" tarkibida 6 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol o'tkazgan va 1 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlagan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt