Rafael Varan: "Real"ga o'tganimda depressiyaga duch kelganman"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025
"Real" va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rafael Varan faoliyatining boshida depressiyaga duch kelgani haqida gapirib berdi.

– Faoliyatingizda bunday muammolarga ilk bor qachon duch kelgansiz?

– "Real"ga o'tganimda 18 yoshda edim, menda normal o'smirlik davri bo'lmagan. Men yolg'iz edim, doimiy ravishda mashg'ulot qilardim va deyarli o'ynamasdim. Orzuim qo'ldan chiqib ketayotganini his qilardim. Bor e'tiborimni maydonga qaratardim, ammo keyin uyga qaytishni xohlamasdim. Tushkunlikka tushib qolgandim. Meni boshqa hech narsa xursand qilmasdi.


– O'sha paytda bu haqda kim bilandir gaplasha olarmidingiz?

– Yo'q, men uchun bu to'lanishi kerak bo'lgan tovon edi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bundan o'tishim kerak deb o'ylardim. Endigina faoliyatimni boshlagandim va o'zimga ming xil savol berardim: "Bu erga kelib to'g'ri qildimmi? Kyetishim kerakmi? Bu haqda aytishim kerakmi?". Hamma narsa barbod bo'layotganini his qilib, yolg'izlanib qolgandim, – dedi Varan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Monde