Quvondiq Ro'ziev "Qo'qon-1912"ga qaytdi

Alisher
5 yanv 2022, 15:15
"Navbahor" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev "Qo'qon-1912"ga qaytdi.

"Barchangizga ma'lumki Ro'ziev o'tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasi safida o'tkazgan edi. Jamoamiz rahbariyati hamda murabbiylarimizning sayi-harakatlari , qolaversa Quvondiq Ro'zievning jamoamizga bo'lgan sadoqati, mohir yarim himoyachini Qo'qonga qaytishiga sabab bo'ldi. Quvondiq Ro'ziev bugun jamomizning mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. Tez orada futbolchi bilan shartnoma imzolanadi. 

Bu xabar barcha muxlislarimizni xursand qilganligi aniq. Jamoamiz nomidan Quvondiq Ro'zievni o'z oilasiga qaytgani  bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!

O'z uyingga xush kelibsan Quvondiq!", - deyiladi qo'qonliklar xabarida.

Ma'lumot uchun, Ro'ziev yil boshida "Qo'qon-1912"dan "Navbahor"ga ko'chib o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia