"Quruq o'yin"lar kimda ko'proq?

Superliganing ortda qolgan mavsumiga aloqador bazi qiziq raqamlarni keltiramiz.

2021 yilda faqat 2 nafar darvozabonga barcha o'yinlarda to'liq o'ynash baxti nasib qildi: Ignatiy Nesterov ("Qizilqum") hamda O'tkir Yusupov ("Navbahor").

Eng ko'p gol o'tkazgan kiperlar: 


futbolchio'yino'-gol
1Nizomiddin Ziyovutdinov1829
2Ignatiy Nesterov2629
3Javohir Ilyosov2026


"Quruq o'yin"lar soni bo'yicha Milan Mitorovich hamda O'tkir Yusupov peshqadam - 12 tadan.

Ammo, umumiy uchrashuvlar va "quruq o'yin"lar nisbatiga ko'ra, Eldorbek Suyunov barchadan yaxshiroq.


futbolchio'yin"quruq"%
1Eldorbek Suyunov1163,6
2Milan Mitrovich191263,2
3Abduvohid Ne'matov9555,6


Bu yil eng ko'p penalti Shohruh Eshbo'taev ("Mashal") darvozasiga tepildi. 25 yoshli posbon ulardan 2 tasini bartaraf qilishga erishdi.

Bu yil maydonga tushgan eng tajribali posbon futbolimiz afsonasi Ignatiy Nesterov hisoblanadi (38 yosh). Eng yoshi esa "Nasaf" vakili A. Ne'matov (20 yosh). Shuningdek, Abduvohid ayni paytda Superliga golkiperlari orasida transfer qiymati eng yuqorisidir (600 ming evro).

Yakuniga etgan mavsumda jami 33 nafar posbon ishtirok etdi. Ular o'z darvozalaridan umumiy hisobda 419 ta gol o'tkazib yuborishdi.

Arveladze Angliyada - qanday qilib?


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar