Qosimov Xomyakovdan revansh oladimi?

15 okt 2021, 14:47
Superliganing 22-turini Olmaliqdagi o'yin boshlab beradi.

Kuchli o'nlikka kirish uchun harakat qilayotgan "Mashal"  musobaqa jadvalida 3-bo'lib turgan AGMK maydoniga safar qiladi. 

O'zaro uchrashuvlar tarixi

Bugungi bahs Olmaliq va Muborak klublari o'rtasidagi 22-o'yin hisoblanadi (O'zbekiston chempionatlaridagi). Bu jamoalar ilk bor 2008 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. "Mashal" hozir AGMK nisbatan ancha zaif ko'rinsa ham, o'sha yillarda Toshken viloyati vakillariga nisbatan kuchlikroq edi. Shu bois, o'zaro o'yinlardagi ustunlik hamon muborakliklar tomonida: 10 g'alaba, 4 durang va 7 mag'lubiyat.

To'plar nisbatidagi kichik ustunlik ham "Mashal" tomonida - 25:24 (+1).

AGMK uchun omadli hakam

Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladigan uchrashuvni Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

17:00 - AGMK – MASH'AL

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistent: Andrey Sapenko

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Ma'lumot uchun, 32 yoshli hakam joriy mavsum "Mashal" ishtirokidagi birorta o'yinni boshqarmagan. AGMK esa u ishlagan 2 o'yinda 6 ochko ishlab olgan.

12-tur. AGMK 2:1 "Qo'qon-1912"

18-tur. AGMK 2:0 "Turon"

Oxirgi o'yin

Ushbu jamoalar o'rtasida 1-davrada o'tkazilgan o'yinda Aleksandr Xomyakov shogirdlarining qo'li baland kelgan. "Mashal"da Sardor Abduraimov va Zafarbek Akramov gol urgan, AGMKning javob to'pi esa Dilshod Jo'raevning nomiga yozilgan. O'yindan keyin rossiyalik mutaxassis shogirdlarining qahramonlik ko'rsatganini takidlagandi.


Nima deb o'ylaysiz, bugun Mirjalol Qosimov Aleksandr Xomyakovdan revansh ola biladimi?

"Nasaf" bugun "Metallurg"dan o'ch oladimi?


Manba: championat.asia