"Qo'qon-1912" Qozog'iston jamoasini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
9 fev 2026
Ayni kunlarda Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bugun qo'qonliklar Qozog'istonning ikki karra chempioni Qarag'andaning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv "Qo'qon-1912" jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Qo'qonliklar safida gollarga Toma Tabatadze, Javohir Husanov va Iqboljon Malikjonov mualliflik qildi.


O'rtoqik uchrashuvi

"Qo'qon-1912" (O'zbekiston) - "Shaxtyor" (Qozog'iston) 3:1

Gollar: Toma Tabatadze, Javohir Husanov va Iqboljon Malikjonov 

Boshlang'ich tarkib: Azizxon Isaqov, Alisher Salimov, Asliddin Toshtemirov, Jasur Yoqubov, Zafar Hakimov, Shota Gvazava, Iqboljon Malikjonov, Shohruh Gadoev, Muhammadanas Hasanov, Javohir Husanov, Toma Tabatadze.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Saidislombek Paxlavonov, Muhammadziyo Adhamjonov, Shahzod Akramov, Andro Giorgadze, Muhriddin Pazlidinov, G'ulomHaydar Gulyamov, Javohir Sidiqov, Ibrohimjon Muxtorov, Egor Kondratiuk, Farxod Sohibjonov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати