

Jamoa a'zolari kechadan Qo'qon shahrida yig'ilishdi. Garchi kecha jamoaning barcha a'zolari Qo'qon shahriga yetib kelishmagan bo'lsada, murabbiylar dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi.Qo'qondagi 2-BO'SMga qarashli stadionda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan hujumchi, sobiq “Mashal” jamoasi a'zosi Mo'min Meliev hamda o'tgan mavsumni “Andijon” jamoasida o'tkazgan Farhod Bekmurodovlar qo'shilishgan. Shuningdek jamoa safida o'tgan mavsumni “Turon” jamoasida o'tkazgan himoyachi Shohruh Xolmatov, Andijonda to'p tepgan Azamat Isroilov va darvozabon Eldor Adhamovlar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Bu futbolchilar jamoa ko'rigida bo'lib turishibdi. Jamoaning ayrim futbolchilari bugun Qo'qonga yetib kelishadi. “Qo'qon-1912” jamoasining yetakchi futbolchilari Murod Xolmuhammedov , Aleksandr Merzlyakov , Quvondiq Ro'ziev va Shohnazar Norbekovlar esa bosh murabbiyning ruxsatiga ko'ra biroz kechroq jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Suhrob Berdiev hamda Xamidillo Abduxamidovlar esa davolanish jarayonlarini davom ettirishmoqda.








