Qirollik transporti: Leo Messining 12 mln. funtlik xususiy samolyoti

Aslanov Jasurbek
28 apr 2020
SportBible sayti "Barselona" hujumchisi Lionel Messining eng yirik xaridlaridan biri suratini taqdim etdi.

Bu 12 mln. funt sterling turadigan xususiy samolyot. Ushbu uchoq futbol olamining eng zo'ri obro'siga to'g'ri keladigan transport.


Samolyotning dumida Leo futbolkasidagi 10 raqami mavjud.


Uchoq trapiga Lionel oilasi a'zolarining ismi yozilgan.


Salonga esa gap yo'q. Samolyot ichida o'zingizni o'ta qulay his qilishingiz uchun hamma narsa bor.

Uchoqda oshxona, 2ta vannaxona, 16ta o'rindiq va ushbu o'rindiqlardan hosil bo'luvchi 8ta yotoq mavjud.


Aytgancha, ushbu xarid Leoning byudjetiga jiddiy ta’sir ko'rsatmaydi. U jahonning eng ko'p daromad topuvchi sportchilaridan hisoblanadi. Messining hisobida taxminan 400 mln. dollar bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru