Qatar va Saudiya Arabistoni klublari Modrichga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
14 noya 2025, 14:29
"Milan"ning afsonaviy xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich Yaqin Sharq klublarining e'tiborini tortdi.

Jurnalist Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, bir nechta Qatar klublari Modrichni sotib olishga qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni ligasi jamoalari ham yarim himoyachiga e'tibor qaratmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Modrich hozirda to'liq e'tiborini "Milan"dagi faoliyatiga qaratmoqda va uning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi.

Xorvatiyalik xavbek ushbu mavsum "rossoneri" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, u A Seriyada gol urgan tarixdagi eng yoshi katta yarim himoyachiga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: telegrafi.com