Pyuel: "Maguayrni yo'qotmoqchi emasmiz"

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018
"Lester" bosh murabbiyi Klod Pyuel darvozabon Kasper Shmeyxel va himoyachi Garri Maguayrni jamoada saqlab qolmoqchi.

"Ikki futbolchini ham saqlab qola olamiz. Bu biz uchun juda ham muhim. Mavsum boshlanishiga oz vaqt qroganida futbolchilarni yo'qotmaslik kerak. Ularning o'rniga futbolchi topish qiyin bo'ladi. Bu esa ortga tashlangan qadamdir", - dedi Pyuel.

"Lester" APLning yangi mavsumini 10 avgust kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com