PSJ Donnarummaga o'rinbosar topdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 yanv 2025, 14:29
Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ 25 yoshli kiper Janluijji Donnarumma bilan muzokaralarni to'xtatgan.

Italiyalikning Fransiya grandi bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Klubdagilar unga munosib o'rinbosar sifatida "Lill" darvozaboni Lukas Shevaleni ko'rishmoqda. Poytaxtliklar 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi.

O'z navbatida, "Lill" darvozaboni bilan xayrlashishga oshiqmayapti va bu transfer uchun kattagina summa so'rashi kutilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: onefootball.com