Promes hibsga olindi, u 7,5 yilga qamalishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 iyun 2025, 23:57
Dubayning "Yunayted FK" jamoasida o'ynayotgan Kvinsi Promes hibsga olindi.

Ayni damda u Dubaydagi hibsxonalardan birida ushlab turilibdi. Katta ehtimol bilan bu Niderlandiyaning ekstradiciya so'rovi bo'yicha amalga oshirilgan.

Futbolchi bunga qadar o'z mamlakatida qoradori tashish bilan shug'ullangani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Promes shunday bo'lgan taqdirda 7,5 yilga qamaladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/pervsport