Avstriya Polshaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Khoja
21 iyun 2024, 22:52
Germaniyada o'tkazilayotgan Yevropa chempionatining "D" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan Polsha – Avstriya uchrashuvi yakunlandi.

Polsha – Avstriya 1:3 

Gol: 9 - Gernot Trauner (Filipp Mvene), 30 - Kshishtof Pentek, 66 -  Kristof Baumgartner (Aleksandr Prass), 78 - Marko Arnautovich

21 iyun, 21.00, Olimpiyashtadion

Polsha – Voycex SHHensnyy, Yakub Piotrovskiy, Yan Bednarek, Pavel Davidovich, Petr Zelinskiy, Yakub Kivior, Adam Buksa, Pshemyslav Frankovskiy, Nikola Zalevskiy, Kshishtof Pyontek, Bartosh Slish

Avstriya – Patrik Penc, Gernot Trauner, Shtefan Posh, Nikolas Zayvald, Marko Arnautovich, Marsel Zabitcer, Florian Grillich, Filipp Linxart, Filipp Mvene, Kristof Baumgartner, Konrad Laymer.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

85. Konrad Laymer bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga ola bilmadi

84. Stefan Poshning super zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

78. GOOOL. Marko Arnautovich penaltini aniq amalga oshirdi

77. Zabitcer jarima maydonchasining ichida yiqitildi va haka m penalti belgiladi

70. Arnautovich raqibga qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi

69. Robert Levandovskiyning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi

66. GOOOL. Kristof Baumgartner hisobni o'zgaritrmoqda

64. Hozirgina maydonga tushgan Leva hakam tomonidan ogohlantirildi

63. Avstriya yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq jamoa sardori ofsaydda ekan

61. Pavel Davidovichning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

59. Adam Buksaning o'rniga Levandovski maydonga tushdi

57. Robert Levandovskiy maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda

56. Ogohlantirish: Patrik Vimmer hakam tomonidan ogohlantirildi

53. Ogohlantirish: Bartosh Slish hakam tomonidan ogohlantirildi

51. Stefan Poshning boshi bilan yo'llagan zarbasini SHHensnyy qaytardi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Petr Zelinskiyning ajoyib zarbasini Patrik Penc qaytarmoqda  

42. Marsel Zabitcerning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

38. Hakam bugun mayda qo'polliklarga umuman e'tibor bermayapti.

30. GOOOL. Kshishtof Pentek hisobni tenglashtirmoqda

29. Frankovskiyning uzatmasini Linxart burchakka chiqarib yubordi

23. Arnautovichning zarbasini Voycex SHHensnyy qaytarmoqda

19. Nikola Zalevskiy ajoyib vaziyatda zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi ancha noaniq chiqdi

17. Goldan so'ng polaklar hujum qilishga intilmoqda. Petr Zelinskiyning zarbasi himoyachiga tekkandek tuyildi

9. GOOOL. Gernot Trauner hisobni ochmoqda. Filipp Mvenedan assist

5. Arnautovich yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq u imkoniyatdan foydalana olmadi

UCHRASHUV BOSHLANDI!


KhojaMuallif
Manba: championat.asia