Podolski erkin agent sifatida Polsha klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2021
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lukas Podolski Zabjening "Gurnik" klubi safiga qo'shildi.

Jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, Podolski kamida bir yil "Gurnik" sharafini himoya qiladi.

36 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda "Antalyaspor" uchun 36 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Polshalik muxlislarning fikricha, bu o'tish chempionat tarixidan o'rin oladi, chunki "Bavariya", "Arsenal" va "Inter" kabi jamoalarda o'ynagan (bundan tashqari, jahon chempioni bo'lgan) futbolchi hali ushbu ligada ko'rinish bermagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gornikzabrze.pl