

27 yoshli G'ulomov faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazdi. Superligadagi 30 bahsning barchasida maydonga tushib, 10 ta gol urdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.

Ma'lumot o'rnida, mukofotga davogarlar orasida Nosir Abdusalomov ("Bunyodkor"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Javohir Ro'ziev ("Buxoro"), Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Amir To'raqulov ("Bunyodkor") kabi nomlar bor edi.



