Pereyra - APLda yangi mavsumning ilk dubli muallifi!

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2018
“Uotford” yarim himoyachisi Roberto Pereyra APL 1-turidan o'rin olgan uchrashuvda “Brayton” darvozasini ikki bor ishg'ol qildi.

Bu bilan argentinalik xavbek APLning yangi mavsumida dubl muallifiga aylangan ilk futbolchi bo'ldi. Yigirma etti yoshli futbolchi birinchi bo'limda burchak zarbasidan so'ng to'pni erga tushirmasdan darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi. Uning o'zi ikkinchi bo'lim boshlarida chap qanotdan hujum uyushtirib, darvozani ishg'ol qildi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: