Peres Mourinyuni "Real"da ko'rishni istaydi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2026
"Real" prezidenti Florentino Peres "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyuni poytaxt klubining bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqchi.

Bu haqda COPE nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, sport funkcioneri portugaliyalik mutaxassis agar hozirgi jamoasini tark etsa, uning nomzodiga murojaat qilishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalidagi (2:3) mag'lubiyatdan so'ng Xabi Alonso poytaxt klubi bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga chiqarilgandi. Uning o'rniga Alvaro Arbeloa tayinlangan bo'lib, uning qo'l ostida "qaymoqranglar" mamlakat Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga imkoniyatni boy berdi (2:3).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE