Pepe faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
8 avg 2024
Pepe 41 yoshida butsalarini "mixga ilganini" ma'lum qildi.

Portugaliyalik futbolchining so'nggi jamoasi "Portu" bo'ldi. U 2019 yildan buyon ushbu jamoada faoliyat olib borayotgandi. U "Maritimu", "Real" va "Beshiktosh" kabi jamoalarda ham o'ynagan.

"Portu" tarkibida Pepe 4 marta Portugaliya chempioni, 5 marta mamlakat Kubogi sohibi, 3 marta Superkubokni qo'lga kiritgan. "Real" tarkibida esa 3 martadan LaLiga hamda YCHL, 2 martadan mamlakat Kubogi va Ispaniya Superkubogiga ega chiqqan.

Portugaliya termasi tarkibida 141 o'yin o'tkazgan va 2016 yilgi Evroda, 2018/19 yilgi Millatlar ligasida g'olib bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/official_pepe/