Pep Gvardiola: "Liverpul" o'zgacha jamoa bo'lib qolaveradi"

Mirjalol Normatov
7 fev 2026, 00:11
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ni o'zgacha jamoa deb atadi.

"Shaharliklar" APLning 25-turi doirasida yakshanba kuni "Enfild"ga safar uyushtiradi.

- "Enfild"ni safar o'yinlari uchun eng qiyin stadion deb atasa bo'ladimi?

- Ha. Ular doimo qiyin raqib bo'lgan, qiyin joy, qiyin stadion. Tarkibi sifatli va zo'r bosh murabbiyini hisobga olsak, barchasi yanada qiyinlashadi.

Ular o'zgacha jamoa hisoblanadi. Top-murabbiy va boshqacha jamoa. Shak-shubhasiz shunday, - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News