"Paxtakor" "Yangier"ni qanday mag'lub etdi?

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2022
26 yanvar kuni "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichida ilk nazorat bahsida "Yangier"ga qarshi maydonga tushdi.


Milliy terma jamoa yig'ini sababli Slavche Voyneski hozircha 8 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Shu sababli yoshlar jamoasidan ham mazkur o'yinga futbolchilar jalb etildi. 31-daqiqada raqibdan to'pni olib qo'ygan Turg'unboev darvozaning yuqori qismini aniq zarbasi bilan ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limda esa darvozabon bilan birga-bir chiqqan Xolmatov oradagi farqni oshirdi. Shu tariqa birinchi nazorat bellashuvida "Paxtakor" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

"PAXTAKOR" - "YANGIER" - 2:0 (1:0)
"Paxtakor":
Suyunov (Najafaliev, 59), O'lmasaliev, Ashurov (Azmiddinov, 46), A'zamov, Aliboev (Iminov, 46), Fayzullaev, Turg'unboev (Poyonov, 65), Xolmatov, Rashidov (Xoldorxonov, 65), Roziev (Sobirjonov, 80), Cheran (Mirahmadov, 46).
Gollar: Turg'unboev, 31 - 1:0. Xolmatov, 64 - 2:0.



Video: "Paxtakor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia