"Paxtakor" tarkibida chempionatlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar

Alisher
31 mar 2020, 14:27
"Paxtakor" tarkibida SSSR va O'zbekiston chempionatlari tarixida eng ko'p bellashuvlarda o'ynagan futbolchilar bilan tanishing.

Uzoq yillar jamoa sharafini himoya qilgan Gennadiy Denisov bu borada mutloq rekordchi sanaladi. Bu himoyachi chempionatlarning jami 371 uchrashuvida "Paxtakor" uchun maydonga tushgan. U 13 mavsum jamoa safida o'ynagan. Keyin faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirgan. Denisov o'zigacha mazkur rekord sohibi bo'lib turgan Birodar Abduraimovdan o'zib ketgan. Jamoa afsonalaridan biri sanaladigan Abduraimovda esa chempionatlar doirasida o'tkazilgan 358 bahs mavjud. Jamoada faoliyatini davom ettirayotganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkich egasi Vladimir Kozak hisobida 205 uchrashuv bor.

Sergey Bondarenko "Paxtakor" tarkibida 329 bellashuvda maydonga tushgan. O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Gennadiy Krasnickiy esa 322 uchrashuvda o'ynagan.

Kuchli o'nlikdan Aleksandr Yanovskiy (297), Marat Kabaev (275), Igor Shkvirin (262), To'lagan Isoqov (252), Viktor Varyuxin (245) va Vladimir Shtern (242) o'rin egallagan. Yanovskiy "Paxtakor" tarkibida eng ko'p o'yinda harakat qilgan darvozabon hamdir.

Azamat Abduraimov otasi Birodar Abduraimov izidan borib, jamoa uchun 238 bahs o'tkazgan.


Quyidagi jadvalda "Paxtakor" uchun chempionatlarda 200 va undan ko'proq uchrashuvlar o'tkazgan futbolchilar ismi keltirilgan. Ularning soni 21 nafarni tashkil qiladi.

Gennadiy Denisov - 371

Birodar Abduraimov - 358

Sergey Bondarenko - 329

Gennadiy Krasnickiy - 322

Aleksandr Yanovskiy - 297

Marat Kabaev - 275

Igor Shkvirin - 262

To'lagan Isoqov - 252

Viktor Varyuxin - 245

Vladimir Shtern - 242

Azamat Abduraimov - 238

Mixail An - 232

Murod Aliev - 232

Yuriy Pshenichnikov - 231

Vitaliy Suyunov - 230

Vladimir Tojirov - 225

Stanislav Andreev - 213

Anvar Soliev - 205

Vladimir Kozak - 205

Idgay Tazetdinov - 202

Oleg Motorin - 200


AlisherMuallif
Manba: pakhtakor.uz