"Paxtakor" sobiq ustozi Xyuistra Indoneziya klubi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2023, 13:20
Samarindaning "Borneo" klubi Piter Xyuistrani bosh murabbiy etib tayinladi.

Niderlandiyalik mutaxassis rasman "Borneo" ustozi sifatida tanishtirildi. Mazkur jamoa ayni paytda Indoneziya chempionatida 41 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.

Avvalroq "Bunyodkor" niderlandiyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirgandi.

Alohida aytish joiz, Piter 2018-2020 yillarda gruziyalik murabbiy Shota Arveladzening assistenti vazifasini bajargan, so'ngra u ketgach, "Paxtakor" bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia