"Paxtakor" Muhammadqodir Hamraliev bilan yangi shartnoma imzoladi!

Omonjon To`xtamirzayev
24 dek 2024, 19:15
Muhammadqodir Hamraliev "sherlar" safida yana ikki yil o'ynaydi.

Yurtimizning iqtidorli himoyachilaridan biri, Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Muhammadqodir Hamraliev ham jamoamiz sharafini himoya qilishda davom etadi. Klubimiz tarbiyalanuvchisi 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. U 2023 yilgi chempionlikka o'zining munosib hissasini qo'shgandi. Umid qilamizki, Muhammadqodir jamoamiz bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqadi.

Ikki yillik shartnoma bo'yicha Hamraliev shunday deydi:
- Men yana chempion bo'lmoqchiman!


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати