"Paxtakor" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2021, 16:36
O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash arafasida turibdi.

"Sherlar" o'yinchilari 3 haftalik tatildan keyin bugun "Jar" stadionida yig'ilishdi va tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchilarning jismoniy holatini bilish maqsadida o'tkaziladigan odatiy tekshiruvlardan tashqari COVID-19 infekciyasini aniqlash bo'yicha test ham topshirildi. Mashg'ulotlar esa bugungi tekshiruvlar natijalaridan kelib chiqib, ertaga "Jar" stadionida boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" yig'inni 21 yanvarga qadar "Jar"da o'tkazadi. Shundan keyin jamoa BAAning Dubay shahriga uchib ketadi.

"Paxtakor" Dubayda yig'in o'tkazadi: bo'lajak raqiblar orasida "Zenit" va "Spartak"...


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати