“Paxtakor-79” xotira turniri o'z yakuniga etdi. Yakuniy natijalar va taqdirlash marosimidan galereya

Iskandarov Abdulaziz
11 avg 2023
"Paxtakor" klubi tashabbusi bilan "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan turnir tashkil qilindi.

U-12 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan turnir finalida yosh “paxtakorchilar” Olma-Otaning “Qayrat” klubiga qarshi bahs olib bordilar.  0:0 hisobida yakuniga etgan o'yindan qozog'istonlik mehmonlar 4:3 hisobida g'alaba qozondilar. Taqdirlash marosimida klubning faxriy futbolchilari, taniqli to'p teparlar ishtirok etib esdalik sovg'alarini topshirdilar. Quyida mazkur jarayondan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia