Paulino: “Virus sabab Xitoydan kyetishga tayyor edim ammo …”

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2020
“Barselona” sobiq a'zosi va hozirda "Guanchjou Evergrand" safida o'ynayotgan braziliyalik xavbek Paulino Xitoyda tarqalgan “koronavirus” sabab mamlakatni tark etmoqchi bo'lganini aytdi.

“Bu virus tufayli Xitoydan kyetishga tayyor turgandim. Bu haqda jiddiy o'ylayotgandim. Biroq, keyin men va oilamga hech qanday xavf yo'qligidan xabar topdim hamda vahimaga ishonmasligim kerakligini bildirishdi. Uydan tashqariga kamroq chiqishimiz lozimligini aytishdi. "Guanchjou”ga keladigan bo'lsak, chempionat vaqtinchalik to'xtatildi ammo biz Osiyo Chempionlar Ligasida o'ynaymiz. Mashg'ulotlar har kuni bo'lib o'tmoqda. Koreya, Yaponiya va Malayziyada o'ynaymiz", deydi 31 yoshli futbolchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mundodeportivo