"Palmeyras" - Libertadores Kubogining dastlabki finalchisi

Alisher
13 yanv 2021
"Palmeyras" va "River Pleyt" o'rtasida Libertadores Kubogi yarim final javob o'yini bo'lib o'tdi.

Braziliya klubi o'z uyida 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi, ammo ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l oldi.

"Palmeyras" ilk o'yinda raqibini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Musobaqaning ikkinchi finalchisini "Santos" - "Boka Xuniors" juftligi aniqlab beradi. Ilk o'yin nursiz durang (0:0) bilan yakunlangan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia