"Palermo" 10 evroga sotildi

Mirjalol Normatov
1 dek 2018, 20:33
B Seriyada yetakchilik qilayotgan "Palermo"ning xo'jayini o'zgardi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, juma kuni jamoa ramziy 10 evroga sotilgan. Endi klubning yangi xo'jayini Londondagi kompaniya bo'ladi.

Siciliya klubi bunga qadar Mauricio Dzampariniga tegishli edi. U 2002 yildan buyon klubga xo'jayinlik qilayotgandi. Uning davrida jamoaning eng yuqori natijasi 2005/06 yilda qayd etilgan - 5-o'rin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia