O'zil Chicharitoning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Eldor Akmurzayev
8 noya 2020
“Arsenal” xavbeki Mesut O'zil faoliyatini MLSda davom ettirish ehtimoli bor.

32 yoshli futbolchi kelayotgan transfer oynasida “Los Anjeles Gelaksi” jamoasiga o'tishi mumkin. U “to'pchilar” qaydnomasidan joy olmagani sabab, jamoadan kyetishni o'ylamoqda.

O'zil “Arsenal” sharafini 2013 yildan beri himoya qilmoqda. U o'tgan mavsum APLda 28 o'yinda qatnashib, 5+3 natija ko'rsatgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Fichajes