O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqasida ishlaydi

Administrator
3 dek 2025
“SEA Games Thailand 2025” musobaqasida hamyurtlarimiz ishlaydi.

“SEA Games Thailand 2025” musobaqasida Asker Najafaliev, Rustam Lutfullin va Gulshoda Saitqulova bosh hakam sifatida, Sanjar Shoyusupov va Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ertaga bo'lib o'tadigan Laos - Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi bahsda Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

3-dekabr | Laos - Vetnam

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakam: Sanjar Shoyusupov

Ma'lumot uchun, Asker Najafaliev, Gulshoda Saitqulova va Ruslan Serazitdinov keyingi bahslarda faoliyat olib boradi.


AdministratorMuallif
Manba: ЎзФҲМ