O'zbekistonda Mirabror Usmonov xotirasiga U-16 terma jamoalari o'rtasida musobaqa o'tkaziladi. Unda Yaponiya, Eron va Tojikiston mehmon bo'ladi
Sherzod Nurmatov
12 avg 2022
Taniqli davlat arbobi, o'z ishining chin fidoyisi, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" va "Do'stlik" ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda o'z o'rniga ega bo'lishida ulkan hissa qo'shgan shaxs - Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.