

Yoshlarimiz mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida birinchi liga vakili bo'lgan "Neftgazmontaj" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. "TTYMI" stadionida o'tgan uchrashuvda termamiz 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuvda Otabek Jo'raqo'ziev dubl qayd etgan bo'lsa, Ruslan Roziev va Diyorbek Rahimqulov o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Quyida ushbu uchrashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.










