O'zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiyi Sergey Chigodaev: "Finalga chiqish uchun istalgan raqibni yutishimiz kerak"

Iskandarov Abdulaziz
14 fev 2026
Yaqinda U-17 Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev qur'a va tayyorgarlik jarayonlari haqida fikrini bildirdi

"Osiyo chempionatidagi barcha 16 ta jamoani kuchli degan bo'lardim. Biz uchun kim bilan o'ynashimizni farqi yo'q, chunki maqsadimiz yuqori. Finalga chiqish uchun istalgan raqibga qarshi maydonga chiqib o'ynashimiz va yutishimiz kerak. "D" guruhida Avstraliya, Hindiston va Shimioliy Koreya bilan to'qnash kelamiz. Albatta, ularning bir nechta o'yinlarini ko'rib chiqdik. Hamma jamoalar yaxshi darajada. Har bir o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

13 fevralda yig'ildik. 5 kun o'z qarorgohimizda shug'ullanamiz va Belarus mamlakatiga yo'l olamiz. "Rivojlanish kubogi" xalqaro turnirida qatnashamiz, u erda ham yaxshi raqiblar bor. Belarus, Ozarbayjon va Rossiya bilan bir guruhdan joy oldik. O'ylaymanki, Osiyo Kubogiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi",- deydi Sergey Chigodaev.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати