

Unda koreyaliklar Sergey Chigodaev qo'l ostidagi O'zbekiston darvozasiga 1 ta to'p kiritdi. Uchrashuvda durang qayd etilishi mumkin edi, biroq 83-daqiqada Mirkomil Murodov penaltidan unumli foydalana olmadi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda koreyaliklar 5:0 hisobida zafar quchgan edi.
O'rtoqlik uchrashuvi
U-16 Koreya Respublikasi – O'zbekiston 1:0
Boshlang'ich tarkib: Denis Juravlyov, Mirjamol Anvarov, Mashhurbek Abdusoliev, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiev, Islom Ravshanov, Farruh Hayitmurodov, Amirxon Erkinov, Suhrob Sadirjonov, Muhammadodilxon Orifxonov, Laziz Abduraimov.
Zaxiradan tushganlar: Muhammad Mamatov, Mirkomil Murodov, Kirill Kapran, Xabib Tohirov, Rustam Aliev, Muhammad Mansurov, Muhammadali O'roqov.






