O'zbekiston MTJ Tailandga qarshi bahsda qanday rangdagi libosdan foydalanadi?

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi 30 yanvar kuni Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichida Tailand bilan bahs olib boradi.

"Ushbu uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq ok libosda, darvozabonimiz esa kora libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni boshkarib boradigan xakamlar guruhi ham ma'lum. Bosh xakam Malaysialik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin, unga kanotlarda hamyurtlari Muhammad Zayrul hamda Orif Shomil yordam beradi. Zahira xakami sifatida esa ummonlik Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf ishlaydi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati. 



Uchrashuv ertaga soat 16:30 da "Al-Janub" stadionida start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати