O'zbekiston legionerlar terma jamoasi-2021

Eldor Akmurzayev
22 fev 2021
So'nggi vaqt o'zbekistonlik futbolchilarning xorij klublariga transfer qilingani haqida xabarlar ko'payib bormoqda.

Jumladan, yaqinda Jasurbek Yaxshiboev Polshaning taniqli klublaridan biri “Legiya”, Bobir Abdixoliqov esa Ukraina Premer-ligasi vakili “Rux” bilan shartnoma imzoladi. Yevropada o'zbek futbolchilarining ortayotgani albatta ko'pchilikni quvontiradi. Saytimiz orqali legionerlardan iborat ramziy jamoa taqdim etishga qaror qildik. Agar sizlarda ham fikr-mulohazalar bo'lsa, ushbu mavzu ostida o'z variantlarigizni yozib qoldiring.

Demak, asosiy tarkib bahosi 16.850.000 evroni tashkil qiladi (Transfermarkt'dagi narxlar olingan). Jamoadagi eng qimmat futbolchi esa “Jenoa” forvardi Eldor Shomurodov – 6,5 mln evro. Biroq, yaqinda italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di Marcio Shomurodovning transfer narxi 2 baravarga ko'tarilgani haqida ma'lumot bergandi.

Asosiy jamoaning o'rtacha yoshi esa 26,6 ni tashkil qildi.

DARVOZABON:

Mirzohid Mamatxonov, 26 yosh – “Super Yunayted” (Maldiv orollari, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 50 ming evro


HIMOYACHILAR:

Odil Ahmedov, 33 yosh – “Tyanczin Teda” (Xitoy, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,2 mln evro

Vitaliy Denisov, 33 yosh – “Tom” (Rossiya, 2-divizion)

Transfer qiymati – 600 ming evro

Rustam Ashurmatov, 24 yosh – “Kanvon” (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 700 ming evro

Islom To'xtaxo'jaev, 31 yosh – “Shenyan Urban” (Xitoy, 2-divizion)

Transfer qiymati – 450 ming evro


YARIM HIMOYACHILAR:

Otabek Shukurov, 24 yosh – “Sharja” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 2,5 mln evro

Jaloliddin Masharipov, 27 yosh – “Shabab Al Ahli” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 2 mln evro

Dostonbek Hamdamov, 24 yosh – “Xatta” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,2 mln evro


HUJUMCHILAR:

Eldor Shomurodov, 25 yosh – “Jenoa” (Italiya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 6,5 mln evro

Bobir Abdixoliqov, 23 yosh – “Rux” (Ukraina, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 900 ming evro

Jasurbek Yaxshiboev, 23 yosh – “Legiya” (Polsha, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 750 ming evro

Endi esa zaxiraga futbolchilariga to'xtaladigan bo'lsak. undagi eng qimmatbaho o'yinchi “Shabab Al Ahli” a'zosi Azizjon G'aniev (1,8 mln evro) hisoblanadi. 

HIMOYACHILAR:

Oleg Zoteev, 31 yosh – “Chonnam” (J.Koreya, 2-divizion)

Transfer qiymati – 500 ming evro

Artyom Filiposyan, 33 yosh – "Prachuap" (Tailand, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 250 ming evro

YARIM HIMOYACHILAR:

Azizjon G'aniev, 23 yosh – “Shabab Al Ahli” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,8 mln evro

Oston O'runov, 20 yosh – “Ufa” (Rossiya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,5 mln evro

Jamshid Iskanderov, 27 yosh – "Seongnam" (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 675 ming evro

Ikromjon Aliboev, 27 yosh – “Seul” (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 600 ming evro

Sardor Mirzaev, 29 yosh – "Muangtong Yunayted" (Tailand, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 600 ming evro

Islom Kenjaboev, 21 yosh – "Cheju Yunayted" (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 400 ming evro

Shahboz Umarov, 21 yosh – BATE (Belarus, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 300 ming evro

Vagiz Galiulin, 33 yosh – “Nefteximik” (Rossiya, 2-divizion)

Transfer qiymati – 200 ming evro

HUJUMCHILAR:

Igor Sergeev, 27 yosh – “Aktobe” (Qozog'iston, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,5 mln evro

Shahzod Ubaydullaev, 22 yosh – “Shaxtyor-Soligorsk” (Belarus, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 450 ming evro

P.S. O'zbekiston legionerlar terma jamoasidan 23 futbolchi o'rin oldi. Uning umumiy qiymati 25.625.000 evroni tashkil etdi. Butun tarkibning o'rtacha yoshi - 25,2!


Eldor Akmurzaev tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia