O'zbekiston Atlanta shahriga yetib bordi

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladigan shaharga yetib bordi.

Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz avvalgi bahsda AQSHga imkoniyatni boy berdi (0:3). 

Endi esa Srechko Katanets boshligidagi O'zbekiston terma jamoasi Atlantada Meksikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 

Jamoamiz delegaciyasi Atlanta yaqinidagi Morrou shaharchasida to'xtagan. Bugun tongda termamiz ushbu shahardagi ilk mashg'ulotini ham o'tkazdi. 

O'zbekiston - Meksika uchrashuvi 13 sentyabr tongida Atlantadagi "Mercedes-Benc” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqt bilan tonggi soat 04:30da boshlanadi.


Foto: O'FA matbuot xizmati





Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia