O'zbekiston 1 aprel kuni JCHdagi so'nggi guruhdoshini bilib oladi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026
JCH-2026 qitalararo pley-off bahslari qizg'in pallaga kirdi.

Xususan, Meksika mezbonligidagi yarim final bahslarida Yamayka Yangi Kaledoniyani qiyinchilik bilan mag'lub etdi (1:0), Boliviya esa Surinamdan ustun keldi (2:1).

JCH-2026 qitalararo pley-off bosqichi

Yarim final

Yangi Kaledoniya – Yamayka 0:1

Gol: Kadamarteri 18’

1.jpg

Boliviya – Surinam 2:1

Gollar: Paniagua 72’, Migelito 79’ – Van Gelderen 48’

2.jpg

Endi JCH yo'lidagi finalda Yamayka Kongo DR bilan to'qnash keladi, Boliviya esa Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 31 martdan 1 aprelga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.

Kongo DR – Yamayka uchrashuvi g'olibi mundial "K" guruhidan joy oladi va Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston bilan o'ynaydi. Iroq – Boliviya bahsi g'olibi esa "I" guruhida Norvegiya, Fransiya va Senegal bilan bahs yuritadi.

Xabaringiz bor, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Final turnirida birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia