O'yin vaqtida murabbiyning yuragi xuruj qildi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2019
Ruminiya chempionatining 2 turida Buxarestning Dinamo klubi o'z uyida Universitati klubini qabul etib, 0:2 hisobida imkoniyatni bor berdi.

Bahsning 25 daqiqasi davom etayotganida mezbonlar bosh murabbiyi Eudjen Nyagoe axvoli yomonlashadi va birozdan so'ng u zaxira o'rindig'ida xushini yo'qotadi. 

Stadiondagi tez tibbiy yordam vakillari unga birinchi yordamni ko'rsatib, shifoxonaga olib kyetishadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Nyagoe tez yordam mashinasi ichida ko'zlarini ochgan va shifokorlar 51 yoshli mutaxassisga yurak xuruji tashxisini qo'yishgan. 

Aytish joizki, bo'lib o'tgan ko'ngilsiz hodisaga qaramay bosh hakam o'yinni to'liq davom ettirdi.

TAS-IX emas



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24