O'yin kuni - Ravshan Ermatov (Hech qayerda ko'rmagan jarayonlar va hakamlar haqida)

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2019, 14:25
Shahboz Beg'amovning O'yin kuni/MatchDay loyihasining bu galgi mehmoni FIFA hakami - Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi bo'ldi.

Loyihaning ilk soni Nasaf klubi bilan suratga olinib, jamoaning bir o'yinga bo'lgan taraddudi, ichki hayoti va uchrashuvga tayyorgarlik doirasidagi barcha holat va jarayonlar bilan yaqindan tanishtirilgandi. Bu gal esa odatda faqat 90 daqiqalik ishini ko'radiganimiz, maydondagi uchinchi jamoa - hakamlar tanlandi. Superliganing 9-tur doirasidagi uchrashuvlardan oldin Ravshan Ermatov bilan kelishgan holda loyihaning bu sonini hakamlarga bag'ishladik. FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur loyiha va saytimiz muxlislarini hurmat qilib, o'z ishining ichki oshxonasini ko'rsatishga, uchrashuvga qadar bo'lgan jarayonlar, o'yin kuni va o'sha paytdagi holatlarni tasvirga olishga rozilik berdi. Quyida 3 kun davomida suratga olish jarayonida bizning tasmamizga tushgan voqea hamda holatlarni tomosha qilib, hakamlar bir o'yinga sarflaydigan kuch, mehnati va ularning siz ko'rmagan kadr ortida qolib ketadigan ishlarini o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin bo'ladi.



Tasvirga olish ishlari Ravshan Ermatov yosh hakamlarga seminar darslarini o'tkazadigan kunga to'g'ri kelib qolgani bois, biz o'sha jarayonlarni ham e'tiboringizga havola etamiz. Umuman siz uchun yangilik bo'ladigan hakamlarning o'zgacha mashg'ulotlari, ishga bo'lgan munosabati, ularning ishlaridagi nozik nuqtalar va qiyinchiliklarni o'zingiz ko'rasiz va baho berasiz.



Biz esa loyihamiz va muxlislar nomidan Ravshan Ermatov, Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlarga ochiqlik va taklifimizga labbay deya bergan javoblari uchun tashakkur bildiramiz!

O'yin kuni/MatchDay loyihasining mazkur sonida hech qayerda chiqmagan va ko'rmagan jarayonlarni tomosha qilasiz.

Kamchiliklar haqida xolis tanqidlar va yana nimalarga e'tibor qaratilishi, shuningdek, loyihaning kelasi sonida qaysi jamoani O'yin kunida ko'rishni istashingizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

E'tiboringiz uchun tashakkur!




Loyiha va g'oya muallifi - Shahboz Beg'amov.
Operator - Jahongir Fayzullaev.


TAS-IX 


 


TAS-IX emas




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia